Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

21-aprel kuni soat 11:00 da Markaziy ko‘rgazmalar zalida (MKZ) Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalining tantanali ochilish marosimidan so‘ng:

●  Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti talabalari loyihasi;

●  “Art-Karvon” ijodiy guruhining Rossiya-O‘zbekiston loyihasi;

● O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va O‘zbekistondagi Geydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyati markazi o‘rtasida memorandum imzolash marosimi (O‘zBIUda, soat 12:00 da);

● Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti Taekvonda jamoasining chiqishi ( MKZda, soat 13:00 da)

●  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instiuti va Kemyong universiteti (Janubiy Koreya) talabalari tomonidan tayyorlangan "Sehr va rang" nomli zamonaviy va anʼanaviy liboslar namoyishi (MKZda, soat 15:00 da) bo‘lib o‘tadi.

● Rossiyalik rassomlar Andrey Arxipov va Irina Kovalenkodan mahorat darsi ( 23-aprel kuni MKZda, soat 12:00 da)