Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi aziz bolajonlarni 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi! Tinch-osuda yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib ulg‘ayishini tilaymiz. Quvnoq ovozingiz, beg‘ubor kulgingiz har doim yangrab tursin, aziz bolajonlar! 

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 1-2-iyun kunlari O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, taniqli kulol-rassom  Ashurmuhammad Mamasoliyev shogirdi B.Abdukaxorov bilan birga ustoz-shogird anʼanasida jajji bolajonlarga mahorat darsi o‘tishdi. 

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumani NEXT majmuasida tashkil qilingan mahorat darslarida bolajonlarga rassomchilik, badiiy kulolchilik va mayda plastika yo‘nalishlarida saboq berildi. 

Unda turli viloyatlarimiz hamda Rossiya, Qozog‘iston, Hindistondan kelgan bolajonlar, yoshlar qatnashdi.