Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 30-may kuni Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yo‘nalishlarida Ijodkor yoshlar respublika tanlovining yopilish va g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tanlov g'oliblari O‘zbekiston Badiiy akademiyasining diplomi bilan taqdirlandi. Ularga:
3-o'rin sohiblariga diplomlarni O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari Fayzulla Ahmadaliyev, Marina Borodina, O‘zbekiston xalq ustasi Mansurjon Murodovlar,
2-o'rin sohiblariga diplomlarni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova,
1-o'rin sohiblariga diplomlarni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur topshirdi.
Shu bilan 2025-yilning Ijodkor yoshlar respublika tanlovi o'z ishini yakunladi