Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 26-may kuni Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida "Ijodkor yoshlar respublika tanlovi"ning ochilish marosim bo'lib o'tdi.

Marosimda O‘zbekiston Badiiy akdemiyasi raisi Akmal Nur barcha ijodkor o'quvchilarga samimiy tilaklar bildirib, ularning ijodiy izlanishlariga yuksak omad va muvaffaqiyatlar tilab tanlovga start berdi.

Mazkur tanlov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - O'rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazining 2017-yil 26-maydagi 2887-son qarori shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining 2025-yil 19-martdagi I-23-son buyrug‘iga muvofiq  tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yo‘nalishlarida tahsil olayotgan yoshlarning qobiliyatlarini aniqlash, qo'llab-quvvatlash va ularning iste’dodini namoyish etish uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan.