Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 27-may - Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yo‘nalishlarida Ijodkor yoshlar respublika tanlovining ikkinchi kuni.
Tanlov jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur maktabga tashrif buyurib, ishtirokchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda o'quvchilarning ijodiy ishlarini ko'zdan kechirdi.
Shuningdek, Badiiy akademiya tomonidan tashkil qilinayotgan mazkur loyihalar o'quvchilar ijodida ijobiy o'zgarishlar berayotgani hamda bu kabi loyihalarni kengaytirish va zamonaviy san'at dunyosi talablaridan kelib chiqib o'tkazish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi.