Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

● Bugun, 10-aprel kuni Toshkentda, Yaponiyaning O‘zbekistondagi   elchisi qarorgohida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi direktori Farrux Usmonovga  Yaponiya imperatorining “Chiqayotgan quyosh, oltin va kumush nurlari” ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

● Ordenni Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xatori Takashi janoblari topshirdi. 

● Mazkur orden yuksak darajadagi mukofot bo‘lib,  o‘z sohasida yuqori natijalarga erishgan shaxslargina bu ordenga munosib topiladi.  

● Tadbirda so‘zga chiqqan Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi  Xatori Takashi janoblari imperator ordeni F.Usmonovga  o‘tgan yillar davomida  O‘zbekistonda yapon madaniyatini ommalashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy almashinuv va ijodiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasining e’tirofi sifatida berilganini qayd etdi.