close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2026-yilning 6-avgust kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyida Ikuo Xirayamaning “Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab” ko‘rgazmasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi.

Ikuo Xirayama (15.06.1930–02.12.2009) — Xalqaro madaniyat karvonsaroyi asoschisi, dunyo tan olgan rassom, taniqli tadqiqotchi olim, Yaponiyaning jamoat arbobi, Tokio milliy nafis san’at va musiqa universiteti prezidenti, Ezgu niyat elchisi, YUNESKO-Yaponiyadagi rahbari, mamlakatlararo tadqiqot markazlari bilan birgalikda “Buyuk Ipak yo‘li”ni o‘rganish bo‘yicha memorandum imzolagan Yaponiya rasmiy delegatsiyasi rahbari, “Buyuk Ipak yo‘li” jamg‘armasi asoschisi va prezidenti, Sharq madaniyatlari muzeyi (Tokio) asoschisi va direktori, Afg‘oniston va Erondagi madaniy va tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish jamg‘armasi asoschisi va prezidenti, Xirosima prefekturasining faxriy fuqarosi, Xirosima shahrining faxriy fuqarosi, Kamakura shahrining faxriy fuqarosi va Toshkent shahrining faxriy fuqarosi (2002).

O‘zbekiston–Yaponiya aloqalarini mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun xorijlik rassomlar orasida birinchi bo‘lib “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining xorijiy a’zosi” (1998) nufuzli unvoni va O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Oltin medali (2002) bilan taqdirlangan.

Birinchi marta 1968-yilda Toshkent, Samarqand va Buxoro bilan tanishuv unda katta taassurot qoldirdi.

Ikuo Xirayama tomonidan naturadan ishlangan eskizlar, qoralamalar, etyudlar qadimiy Turon tarixi, siymolari va shaxslariga bag‘ishlangan ta’sirchan asarlar turkumiga asos bo‘ldi.

Shunisi diqqatga sazovorki, uning barcha asarlarida rassom va olim nigohi mavjud, nozik idrok etilgan voqelik seziladi va unga xos bo‘lgan badiiy tafakkurning majoziyligi ifodalangan.

2002-yil dekabr oyida u O‘zbekistonga oltinchi marta tashrif buyurdi — muhim voqea — xalqaro ma’rifiy markaz vazifasini bajaradigan Madaniyat karvonsaroyining ochilish marosimida ishtirok etdi.

XXI asr insoniylikning tiklanishi, Yer yuzidagi barcha xalqlarning teng huquqli muloqoti belgisi ostida o‘tishiga ishongan va umid bilan qaragan.

Ipak yo‘lining qadimiy an’analarini qayta tiklash, xalqlar va ularning vakillari o‘rtasida ma’naviy, ilmiy va madaniy muloqotni targ‘ib qilish va rivojlantirish, ularni taraqqiyot yo‘lida birlashtirish zarurligini va bu g‘oyani amalga oshirish bilan bog‘liq orzusi uzoq vaqt davomida amalga oshmay qolganini bir necha bor aytgan.

Ikuo Xirayama o‘z orzusini Toshkentda amalga oshirdi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi qoshida xalqaro ma’rifiy markaz sifatida Madaniyat karvonsaroyining ikkita binosini qurishda homiylik qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan, Toshkent shahar hokimining qarori bilan Madaniyat karvonsaroyi qurilishi uchun yer uchastkasi ajratildi, unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan 2004-yilda “Xalqaro” davlat maqomi berildi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasida Ikuo Xirayamaning nihonga (yapon rangtasviri) va akvarel texnikalarida ishlangan 50 dan ortiq reproduksiyasi taqdim etilgan.

💡 Ko‘rgazma 2026-yil 16-avgustgacha davom etadi.