Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan san'at maktab va maktab-internatlarida 2024-2025 o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan “Ilm eng buyuk sharaf ” shiori ostida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda bitiruvchi o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tadbirlarda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli sahna ko‘rinishlari, musiqali chiqishlari bilan bayram kechasi qizg‘in olib borildi hamda yil davomida namunali xulqi va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlarga erishgan iqtidorli 11-sinf o‘quvchilarining ota-otalari “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Maktab-internati bitiruvchilarini qizg‘in tabriklash uchun ota-onalar, faxriy ustozlar tashrif buyurdilar va o‘quvchi-yoshlarlarga ezgu tilaklarini bildirdilar.
Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiriga Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova tashrif buyurib, bitiruvchi hamda ustozlarga samimiy tilaklar bildirdi hamda qaldirg'ochlarga kelajakdagi oʻqish va ishlariga omadlar tiladi.