close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

📸 2026-yil 24-iyul kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko‘rgazmalar zalida iordaniyalik xalqaro fotoijodkor Abdulrahman Valid Savalhaning “Iordaniyadan O‘zbekistonga muhabbat ila” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🌍 Abdulrahman Valid Savalha20 yildan ortiq tajribaga ega, tasviriy san’at fotografiyasi va madaniy merosni hujjatlashtirish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi taniqli professional fotograf va tasviriy rassomdir.

📌 Uning faoliyati 2004-yildan buyon YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy merosini hujjatlashtirishdagi fidokorona sa’y-harakatlari uchun e’tirof etilgan. Ijodkor dunyo bo‘ylab 35 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.

🏅 Abdulrahman Valid Savalha Akademiyaning kasbiy ta’sir reytingiga ko‘ra fotografiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar fotosuratchidan biri sifatida e’tirof etilgan.

Kasbiy faoliyati

🎓 Ta’lim va pedagogika yo‘nalishida fotografiya san’ati bo‘yicha sertifikatlangan murabbiy va o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritib, 300 dan ortiq seminar va ma’ruzalar o‘tkazgan.

Uning mahorat darslari:

  • Birlashgan Arab Amirliklari;
  • Iordaniya;
  • Iroq;
  • Saudiya Arabistoni;
  • O‘zbekiston;
  • xalqaro raqamli platformalar (Zoom) orqali tashkil etilgan.

Shuningdek, ijodkor nufuzli jahon va mahalliy fotografiya festivallari hamda tanlovlarining xalqaro hakamlar hay’ati a’zosi hisoblanadi.

Yutuq va mukofotlar

🌐 Xalqaro ko‘rgazmalar:

Guruh ko‘rgazmalari doirasida London, Madrid, Rim, Chexiya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya va O‘zbekistonda o‘tkazilgan 35 ta xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etgan.

Shaxsiy ko‘rgazmalari:

  • Suriya (2002);
  • Iordaniya (2018);
  • O‘zbekiston (2021 va 2026-yilda ikki marotaba).

🏆 Muhim mukofot va e’tiroflari:

  • YUNESKO rekordi – V jild (2004) — yo‘qolib ketish xavfi ostidagi insoniyat merosini fotografik hujjatlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun;
  • “Yil shaxsi” (2021) — Arab-Amerika akademiyasi tomonidan taqdirlangan;
  • The Humanity Photo Awards (HPA) — insoniyat merosini asrab-avaylashga qaratilgan loyihalardagi ishtiroki uchun;
  • 50 ga yaqin xalqaro mukofot va ishtirok sertifikatlari sohibi.

Professional a’zoliklari

Ijodkor quyidagi nufuzli tashkilotlar a’zosi hisoblanadi:

  • Xalqaro fotografiya san’ati federatsiyasi (FIAP, Shveytsariya);
  • World Press Photo (Niderlandiya);
  • Fotosuratlar uyi — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi;
  • O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi;
  • Iordaniya fotografiya jamiyati (JPS);
  • Arab fotograflari uyushmasi.

🖼 Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan muallifning 90 ta fotoasari o‘rin olgan bo‘lib, unda ijodkorning turli xalqlar hayoti, madaniyati, an’analari va tarixiy merosiga bo‘lgan nigohi aks etgan.

💡 Fotoko‘rgazma joriy yilning 2-avgustiga qadar davom etadi.