Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 26-sentyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida ItARTS festivali doirasida italiyalik ijodkorlar va talabalarning korgazmasi ochilishi bolib otdi. 

Ko‘rgazma kuratori: Mauritsio Coccia.
Ishtirokchi rassomlar: Francesca Chiola, Sara Dias, Satya Forte, Davide Mariani.

Fotoko‘rgazma kuratorlari: ABAQ fotosuratlar kafedrasi professorlari Danilo Balducci, Claudio Cerasoli, Antonio Di Cecco, Perfrancesco Giordano.

ABAQ talabalari: Banushaj Rei, Benlloch Dunia, Beta Sabina, Luciano Federiko, Markoni Sesiliya, Melara Beatrice, Michini Marcello, Orsini Gabriele, Panaccione Debora, Scimia Lorenzo, Shunelko Irina, Vernile Martina, Vetuschi Luigi.

Evropa Ittifoqining NextGenerationEU (PNRR) jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan ItARTS loyihasi - san'at va musiqa sohasida badiiy ta’limni rivojlantirish hamda ijodkor tadqiqotchilar va talabalarning global hamjamiyatini yaratishga qaratilgan nufuzli tadbirdir.
ItARTS - Xalqaro festival doirasida 5 ta davlat - O‘zbekiston, Xitoy, Fransiya va Italiyadagi hamkor institutlari tomonidan eng yaxshi ijodiy ishlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma raqamli proektsiyalar, kо‘pkanalli saundtrek,  foto, audio va video installyasiyalar orqali tomoshabinni insonning ichki tuygulari boʻylab immersiv sayohatga taklif etib, ijodkorning har bir lahzalarini boshdan kechirish, uning bir qismiga aylanish, vaqtga bogʻliq boʻlmagan madaniyatning tomir urishini his qilish uchun noyob imkoniyatni ochib beradi.

Ko'rgazmaning oziga xosligi: “Yoshlar nigohi” nomli ko'rgazmasi Fotosuratlar yonalishi talabalarining ko'p qirrali bilimlari tanlangan asarlar orqali korinadi. Ushbu ko'rgazma uchun maxsus yaratilgan loyihalar mualliflik qarashlar mozaikasini vujudga keltiradi. Ushbu yosh fotorassomlar ijodining xilma-xilligi bilan zamonaviy fotografiya tiliga juda yaqinligi sezilib turadi.

Ko'rgazmada 23 ta fototasvir va 1 ta multimedia installyatsiyasi namoyish qilinmoqda.

⭕️Ko`rgazmalar joriy yil 1- oktyabrgacha davom etadi.