Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan IV Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi oldidan Badiiy ijodkorlar uyushmasi anjumanlar zalida maxsus uchrashuv tashkil etildi.
Unda simpoziumga yuborilgan loyihalar taqdimoti va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ijodkor-mualliflarning ishlari, ularning badiiy mahorati va ijodiy yondashuvi xususida fikr almashildi.
Maʼlumot uchun: O‘zbekistonda ilk bor xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi 2022 yil 10 avgustdan 10 sentyabrgacha Samarqand shahrida, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar sammiti doirasida o‘tkazilgan. Unda 14 nafar haykaltarosh ishtirok etgan bo‘lib, ularning 7 nafari xorijiy, 7 nafari esa o‘zbekistonlik ijodkorlar edi.
2025 yilda ham mazkur nufuzli simpozium tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida amalga oshiriladi.
Joriy yil 9 sentyabr kuni simpozium doirasida taqdim etilgan 300 ga yaqin loyiha ko‘rib chiqildi. Tanlovda dunyoning 53 ta davlatidan jami 178 nafar haykaltaroshlar o‘z loyihalari bilan qatnashish uchun ariza topshirgan.
Taqdimotda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduhakimov ishtirok etib, ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.