Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 29-iyul kuni Jizzax viloyati hokimligida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuv davomida Prezidentimizning “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yana-da rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–212-son qarori ijrosini ta’minlash borasida Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Hamkorlikdagi “Yo‘l xaritasi” asosida quyidagi tashabbuslar belgilandi:

  • “Yosh ijodkorlar” ko‘rik-tanlovi viloyat miqyosida doimiy asosda tashkil etiladi;

  • Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati 400 o‘rinli qilib qayta quriladi, maktab yotoqxonasi ham kengaytiriladi;

  • Viloyat musiqali drama teatri binosida zamonaviy san’at galereyasi tashkil etiladi;

  • Shahar va tumanlardagi istirohat bog‘lari tasviriy va amaliy san’at namunalari bilan boyitiladi;

  • Turizm ob’ektlarida badiiy asarlarni targ‘ib qilish maqsadida madaniy tadbirlar va aksiyalar tashkil etiladi;

  • Har yili “Yangi O‘zbekistonda – Yangi Jizzax” nomli respublika ko‘rgazmasi o‘tkaziladi;

  • Viloyatda ijodiy merosi muhim bo‘lgan atoqli mahalliy ijodkorlar nomini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.


O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur xizmat safari doirasida Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga tashrif buyurdi.

📌 Akademiya tasarrufidagi ushbu muassasa “Yo‘l xaritasi” doirasida 400 o‘rinli qilib zamon talablariga mos ravishda qayta qurilishi, yotoqxona hajmining kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Rais maktabning moddiy-texnik bazasi, ijodiy salohiyati, shuningdek bo‘lajak qurilish loyihalari yuzasidan tavsiyalarini berdi hamda ta’lim muassasasining yosh ijodkorlarni kashf qilishdagi o‘rnini alohida ta’kidladi.