Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-son Farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Nazorat rejasining 2.3-bandiga asosan Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 2024-yil 18-dekabr kuni ma’naviy-ma’rifiy, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish maqsadida atoqli Qurolli kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilari ishtirokida uchrashuv kechasi o‘tkazildi.

Kechani maktab-internati direktori J.Dosbergenov ochib berdi va olib bordi. Kechada Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi Veteranlar kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik A.Yusupov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi Veteranlar kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik P.Ergunusov, Veteranlar kengashi raisi o‘rinbosari, zaxiradagi serjant B.Kannazarov, Shimoli-g‘arbiy harbiy bo‘lim harbiy xizmatchisi, kichik serjant F.Majidovlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda o‘quvchi-yoshlarga harbiy xizmatchilar o‘zlarining amaliy tajribalarini so‘zlab berdilar. Tadbit qizg‘in suhbatlarga boy tarzda o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida maktab-internatining harbiy chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari Sharigatov Baytore Maratovich yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash borasida qo‘shgan samarali xissasi uchun O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi tomonidan “Fidoyi Vatanparvar” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.