Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 25-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zalida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Kasaba uyushmalari yoshlari – Yangi O‘zbekiston bunyodkori" forumi tadbirlari doirasida, san’at va dizayn yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan iqtidorli yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.✔️

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur bilan uchrashuv san’at sohasida faoliyat yuritayotgan yosh ijodkorlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Uchrashuvning asosiy maqsadi – yoshlar bilan ochiq muloqot orqali ularning ijodiy qarashlari va tashabbuslarini eshitish, ularni ruhlantirish, shuningdek, tasviriy san’at va dizayn yo‘nalishidagi ilg‘or g‘oyalarni rag‘batlantirishdan iborat bo'ldi.

Akmal Nur o‘z nutqida san’atning jamiyatdagi o‘rni, uning tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati, bugungi kunda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va yangi bosqichdagi yondashuvlar haqida atroflicha so‘z yuritdi. Shuningdek, u san’atda milliy va zamonaviylik uyg‘unligi, individual yondashuv va konseptual tafakkurning muhim jihatlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tajribali ijodkor bilan bevosita fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuv ijodiy ruh, ilhom va g‘oya almashinuvi muhitida o'tdi.

Uchrashuvdan so‘ng yoshlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular stajor-tadqiqotchilar ustaxonalari, ijodiy ishlari va ularning yo‘nalishlari bilan tanishib, rassomlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Ushbu tashrif san’at sohasida bilim va tajriba almashish, professional o‘sish uchun muhim imkoniyat bo'ldi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar san’at sohasida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilayotgan yoshlar uchun Badiiy akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar, tizimli yondashuv va ijodiy muhitdan katta taassurotlar olishdi.