Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 10-iyul Markaziy ko’rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining a’zosi, o‘zbek manzarachi rassomi Latibjon Satmatovning “Munosabat” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
🌿Rassom ona zaminning go‘zalligidan ilhomlangan, o‘z ijodini 0‘zbekiston tabiatini tasvirlash bilan birga yorug'lik, vaqt va makon haqidagi meditativ mulohazalarini aks ettiradi. Har bir asarida zaminga bo‘lgan chuqur bog‘liqlik, an’analar bilan bog‘liq xotira va tabiatga nisbatan ehtiromli munosabat seziladi.
Ko‘rgazmada ijodkorning turli yillarda yaratilgan 300 dan ziyod rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda.
🌱Tomoshabinlar rassom ijodiy uslubining evolyutsiyasini tabiatni realistik aks ettirishdan to manzarani she’riy va ehtirosli talqin etishgacha bo‘lgan jarayonini kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Asarlarda yoruglik va kayfiyatni tasvirlashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, tonggi sokinlik, tush paytidagi issiqlik yoki tog‘u dashtlardagi kechqurungi sukunatni kuzatish mumkin. U mo‘yqalami orqali tasvirlami reallik bilan xotira, tabiat bilan insonning ichki olami o‘rtasidagi ko‘prikni hosil qiladi.
❗️Ko‘rgazma joriy yilning 1-avgustigacha davom etadi.❗️