Bugun, 22-aprel kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida muhim ijodiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Marina Borodina tomonidan “Informatsion ornament” badiiy loyihasi asosida mahorat darsi tashkil etildi.
🎯 Mazkur mahorat darsi davomida ishtirokchilar zamonaviy san’atda ornamentning yangi talqinlari, axborot va vizual elementlarning uyg‘unligi hamda kompozitsion yechimlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Professor Borodina o‘zining ijodiy yondashuvlari va kasbiy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yosh rassomlar va san’at ixlosmandlari uchun muhim ilhom manbai bo‘ldi.