Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 Bugun, 15-noyabr kuni  “Markaziy Osiyo: buyuk o‘tmish va buyuk kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Markaziy Osiyo: buyuk o‘tmish va buyuk kelajak” nomli xalqaro rangtasvir ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Respublikasining taniqli rassomlari tomonidan yaratilgan 100 ga yaqin asar san’at ixlosmandlariga taqdim etildi. Ushbu asarlar mintaqaning boy tarixiy merosi, madaniy hamjihatligi hamda zamonaviy ijodiy izlanishlarini aks ettiradi. Ekspozitsiyada rangtasvir, grafika va zamonaviy san’at yo‘nalishlariga mansub ijodiy ishlar milliy an’analar bilan zamonaviy badiiy ifodaning uyg‘unligini yorqin namoyon etadi.

Tadbir ochilishida davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, xalqaro tashkilotlar, san’atshunoslar hamda yosh ijodkorlar ishtirok etdilar. Ular ko‘rgazmaning Markaziy Osiyo va qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, do‘stlik va ijodiy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.

🏅Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibroxim Valixo‘jayev  Markaziy Osiyo davlatlari hamda Ozarbayjon  rassomlar uyushmalari rahbarlarini o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun  O'zBIUning oltin medali bilan taqdirladi.