Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yilning 26-noyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi F. Abidjanova Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi D. Mirxanov bilan uchrashib, tumanda joylashgan Badiiy akademiya tizimidagi Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatidagi shart-sharoitlar hamda yo‘l xaritasida belgilangan masalalar yuzasidan suhbatlashdi.

Shuningdek, tuman hokimi o‘zining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Maxkamovni yo‘l xaritasida rejalashtirilgan ishlarni hamkorlikda amalga oshirish maqsadida maktab-internatiga biriktirdi.

Badiiy akademiya Bosh ilmiy kotibi F. Abidjanova boshchiligida tuzilgan ishchi guruh hamda maktab-internati pedagog kadrlari bilan uchrashuv tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son qarori pedagoglarga o‘qib eshittirildi, shuningdek, ulardan soha rivoji uchun takliflar olindi.

Shundan so‘ng, ishchi guruh maktab-internati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.