Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025-yil 25-iyul kuni Namangan viloyati hokimligida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–212-sonli “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Samimiy va ishchan ruhda o‘tgan muloqotda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:

  • Viloyatda badiiy ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy muhitni rivojlantirish va ustoz-shogird anʼanalarini izchil davom ettirish;

  • Yosh isteʼdodlarni aniqlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;

  • Turizmni rivojlantirish orqali milliy sanʼatni targ‘ib qilish, sayyohlar uchun mahalliy rassomlar asarlarini namoyish etish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • Zamonaviy sanʼat maktablarini tashkil etish orqali ijodkorlar uchun yangi maydonlar yaratish.

Shuningdek, soha rivojiga hissa qo‘shgan atoqli ijodkorlar nomini abadiylashtirish yuzasidan ham muhim tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan:

  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, usta naqqosh M. Husayinov nomiga uy-muzey barpo etish,

  • Namangandagi iqtidorli rassomlar asarlaridan iborat “Sanʼat” muzeyini tashkil etish rejalashtirildi.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov barcha ilgari surilgan tashabbus va takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirar ekan, ularni amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak berilishini taʼkidladi.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alari almashishdi.