close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Badiiy akademiya tasarrufidagi Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida “O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirishda Nurota milliy kashtachiligining o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘z ishini boshladi.

Seminar ochilishida Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev, shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek, akademiya tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar doirasida Badiiy akademiya va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida “Badiiy ta’limda tasviriy va amaliy san’at: nazariya va amaliyot uyg‘unligida innovatsion yondashuvlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.