Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
23-oktyabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi hamkorligida 23–35 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar o‘rtasida “Navqiron, O‘zbekiston!” Respublika ko‘rik-tanlovining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda 50 nafardan ziyod yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov nizomiga asosan belgilangan hay’at a’zolari tomonidan turli yoshdagi 6 nafar ijodkor kulolchilik, naqqoshlik, miniatyura, xattotlik va libos dizayni yo‘nalishlarida g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga tavsiya qilindi.
🏅 Ishtirokchilar Namangan davlat pedagogika instituti hamda O‘zBIU Namangan viloyat bo‘limining diplom va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.