close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida "Navro'zni ulug'lash - insonni ulug'lash" shiori ostidagi bayram sayli o'tkazildi!

✅ Institut hovlisida ko‘tarinki kayfiyat va o'zgacha bahoriy muhit hukm surdi. Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan institut xodimlari, professor-o'qituvchilar hamda xorijiy va mahalliy mehmonlar uchun "Navro'zni ulug'lash - insonni ulug'lash" shiori ostidagi bayram sayli tashkil etildi. Tadbirga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati, Mahalliy hokimlik vakillari, xorijiy va mahalliy hamkor tashkilotlarning rahbarlari ham tashrif buyurib, institutda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar bilan birgalikda milliyligimiz va qadriyatlarimiz belgisi bo'lgan Navro'z saylida ishtirok etishdi.

💬 Tadbirni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov va institut rektori Omonulla Salixov va birgalikda ochib berishdi hamda  mehmonlar va institut jamoasiga o'zlarining bayram tabrigi va samimiy tilaklarini bildirishdi.

🌸 Navro'z sayliga yig'ilgan mehmonlar va institut jamoasi bayram dasturxoniga taklif etilib, barchaga Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan tayyorlangan osh  tortiq etildi.  

💬 Shuningdek, tadbir mehmonlari institut iqtidorli talabalari va  taniqli san'atkorlar tomonidan tayyorlangan ma'naviy-ma'rifiy dasturlarni tomosha qilib, yanada yuqori bayram kayfiyatini his etishdi.