Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarori (manba) ijrosini ta’minlash maqsadida, rejissyor-dramaturg-kompozitor-rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlik muhitini rivojlantirishga qaratilgan “Nigoh” ijodiy loyihasi 2025-yilning avgust oyidan boshlab amalga oshirilmoqda.
🗓 18-sentyabr kuni loyiha doirasidagi navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi “Parkent” ijod uyida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi hamda Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir doirasida:
Ijodkorlar o‘rtasida muloqot va tajriba almashuvini rag‘batlantirish maqsadida
ko‘chma ko‘rgazma
mahorat darslari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlarda Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari, tajribali va iste’dodli rassomlar faol ishtirok etishdi.
Tadbirda:
O‘zBIU a’zosi, taniqli rassom, teatr sahna dekoratsiyasi va postanovkalar muallifi, Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI “Teatr, sahna bezagi” kafedrasi o‘qituvchisi Tatyana Fadeeva
rangtasvir ustasi Murod Urmanov
tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.
🔹 Bu saboqlar yosh rassomlar uchun muhim amaliy tajriba bo‘ldi, ularda ijodiy izlanish, texnika va kompozitsion yondashuvlar bilan bevosita tanishish imkoni yaratildi.
“Nigoh” loyihasi doirasida O‘zBIU a’zosi, yosh va istiqbolli rassom Rustam Mambetovning “Ona tabiat kuylari” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
🖌 Ekspozitsiyada rassomning:
manzara janridagi asarlari
turli mavzularda yaratilgan, rang-barang uslubdagi ishlari
namoyish qilindi. Tomoshabinlar, ayniqsa, tabiat manzaralari orqali tabiiy go‘zallik va ruhiy uyg‘unlikni aks ettirgan ishlariga katta qiziqish bildirishdi.
“Nigoh” loyihasi doirasidagi tadbirlar nafaqat yosh ijodkorlar uchun ko‘nikma va ilhom manbai, balki san’atkorlar o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro muloqot va o‘zaro boyish imkoniyatini ham taqdim etmoqda.