Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2025 yildagi PQ-308-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlari o‘rtasida “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi. 

 Diktantda markaziy apparat xodimlari faol ishtirok etib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlash, savodxonlik darajasini baholash hamda davlat tiliga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada oshirishdan iborat. 

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalari, tinish belgilari va to‘g‘ri yozuv madaniyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish, uning sofligini saqlash maqsadida o‘tkazilgan ushbu "Ommaviy diktant" aksiyasi davlat tashkilotlari xodimlarining lotin alifbosidagi o‘zbek yozuvida ish yuritishini, o‘zbek tilini bilish darajasi va savodxonligini ta’minlashga qaratilgan.