Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun Nukusda Fransiya madaniyati oyligi doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Ko‘rgazmalar saroyida fransiyalik foto rassom Erik Gurlanning "Orol dengizi: yodgorlik va uning go‘zalligi" nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasining ochilishi bo'lib o'tdi.
Muallif ushbu loyihani 25 yil davomida tayyorlab kelgan va ushbu ko‘rgazma - o‘sha uzoq mehnatning natijasidir. Ekspozitsiyada 32 dona oq-qora fotosuratlar o‘rin olgan. Ularning barchasi Orol dengiziga yaqin, yetib borish qiyin bo‘lgan, tabiati siyrak ko‘rinadigan burchaklarda tasvirga olingan.
Eng muhimi - suratlar XX asr boshida xorazmlik fotograf Xudoyberdi Devonov qo‘llagan eski fotografiya usulida, o‘sha davrga o‘xshash fotoapparat yordamida olingan.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi M.Atamuratov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarekeyev ishtirok etdi.