Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Rassomlarimiz - Jahongir Abdullayev (O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchisi, O‘zBIU aʼzosi) va Muhammadjon Sattorov (O‘zBIU aʼzosi) “Plastov kuzi” xalqaro rassomlar XV assambleyasi doirasidagi xalqaro pelenerda qatnashishdi.

Taniqli rus rassomi Arkadiy Plastov ijodiga bag‘ishlangan va “Plastov izidan” nomli mavzuda Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyati, Karsunsk tumani hududida tashkil qilingan ushbu plenerda asosan peyzaj janrida ijod qiluvchi turli davlatlar rassomlari ishtirok etishdi.

Ochiq tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan ijodiy tadbir yakunida ishtirokchilar yaratgan asarlar asosida ko‘rgazma ham uyushtirildi.

Xalqaro plenerdagi faol ishtiroki uchun J.Abdullayev va M.Sattorov tashkilotchilar tomonidan diplom bilan taqdirlanishdi.