Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Koreya Respublikasining Tegu shahrida joylashgan Kemyong universiteti taklifiga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur  Janubiy Koreyada xizmat safarida bo'lib turubdi.
 

Bugun, 17-dekabr kuni rais Akmal Nur Kemyong universitetida tashkil qilingan mazkur oliygohning professorlik unvonini topshirish marosimida ishtirok etdi. 

Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari mehmonni  tashrifi bilan tabriklab, oliygoh hamda Badiiy akademiya o‘rtasida badiiy ta'lim, tasviriy san'atda hamkorlik aloqalarini  rivojlantirish va mustahkamlash borasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbarinining katta hissasi borligini eʼtirof etdi va professorlik ilmiy unvoni diplomini topshirdi. Kemyong universitetida O‘zbekisiton Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurga professor unvonini topshirish marosimida mazkur oliygoh ilmiy doiralari, professor-o‘qituvchilari, bir guruh talabalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faxriy xorijiy aʼzosi, Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhiga O‘zBAning oltin medali berildi. 

Marosimda so‘zga chiqqan rais Akmal Nur, mezbonga  O‘zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medalini tantanali topshirar ekan, janob Synn Ilhi o‘zbek tasviriy sanʼatini Koreya Respublikasida keng targ‘ib etish, badiiy taʼlimda ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini izchil rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotganini alohida eʼtirof etdi.


O‘zBA raisi Akmal Nur Janubiy Koreyaning nufuzli oliygohlaridan biri - Kemyongda "Tasviriy sanʼat sohasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Kemyong universiteti o‘rtasida hamkorlik" mavzusida maʼruza qildi.

Notiq o‘z maʼruzasida bugungi o‘zbek tasviriy sanʼatida kechayotgan jarayonlar, o‘zbek musavvirlari yutuqlari haqida  maʼlumot berdi,  sohada tomonlar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan ishlar, ijodiy loyihalarni tilga olish barobarida, istiqboldagi rejalarga ham to‘xtaldi,  hali ishga solinmagan imkoniyatlardan ham unumli foydalanish aloqalarning yangi bosqchiga chiqishiga xizmat qilishini taʼkidladi. Universitet mutasaddilari, professor-o‘qituvchilari va  talabalari maʼruzani qiziqish bilan tinglashdi, mavzuga oid savollariga javob olishdi.