Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Rais Akmal Nur Tegu shahridagi nufuzli sanʼat muassasalariga ham taklif etilmoqda.

Badiiy akademiya raisi Tegu sanʼat muzeyi rahbariyatining taklifiga muvofiq ushbu muassasaga tashrif buyurdi. Muzey direktori, janob Noh Jung-ki o‘zaro muloqotda mehmonga dastlab Tegu sanʼat muzeyi faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Tegu shahriga qarashli bo‘lgan ushbu muzey 2011 yilda faoliyat boshlagan.Direktor janob Noh Jung-ki ta'kidlashicha, muzey nafaqat koreys rassomlari ko‘rgazmalari, balki zamonaviy sanʼatda kechayotgan jarayonlar, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini tadqiq etish, qolaversa, jahon tasviriy sanʼati namoyondalari ijodini aks ettiruvchi loyihalar, akademik dasturlar hamda boshqa turli tadbirlar namoyish qiluvchi maydon sifatida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
 
Suhbat davomida Tegu sanʼat muzeyi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi o‘rtasida madaniy almashinuv loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Samimiy ruhdagi muloqot va fikr almashinuvlardan so‘ng, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Tegu sanʼat muzeyi zallarida namoyish qilinayotgan ko‘rgazmalar bilan tanishtirildi, koreys rassomlari ijodi to‘g‘risida bafurja maʼlumot berildi.