Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
8-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur xizmat safari bilan Buxoro viloyatiga bordi.
Rais Badiiy akademiya tasarrufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida bo‘ldi, sharoit bilan tanishdi.
Keyin maktab mutasaddilari hamda pedagog, mutaxassis o‘qituvchilari bilan muloqot tashkil qilindi.
Badiiy akademiya raisi dastlab Prezidentimizning "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-212-son qarori asosida badiiy taʼlim rivojiga qaratilgan eʼtibor va uning ahamiyati haqida so‘zladi.
Muloqotda badiiy taʼlim tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, sohada iqtidorli yoshlarni aniqlash va o‘qitish vazifalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Buxoroga xizmat safari chog‘ida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, miniatyura rassomi Davron Toshev maktabini ham borib ko‘rdi.
Qadim Buxoro miniatyura sanʼati anʼanalarini saqlab, boyitib kelayotgan ushbu maktabda hozirgi kunda 50 dan ziyod yoshlar nafis sanʼat sir-asrorlarida saboq olishadi.