close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 1-aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida Ruminiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Toshkentdagi Fransuz Alyansi hamkorligida “Jorj Enesku Fransiyada” nomli fotoko‘rgazma ochildi.

📝 Tadbirda akademiya vakillari, diplomatik korpus a’zolari, san’at ixlosmandlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Ko‘rgazmada XX asr Ruminiyasining buyuk bastakori, musiqachi va pedagog Jorj Eneskuning Fransiyadagi faoliyatining muhim lahzalari fotosuratlar orqali namoyish etildi. Har bir surat uning ijodiy izlanishlarini, san’at va musiqaga bo‘lgan fidoyiligini yoritadi.

📌 Tadbirni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur tantanali ravishda ochib berdi. U o‘z nutqida, akademiya uchun xalqaro hamkorlik va san’at bilan do'stlik aloqalarni mustahkamlash doimiy va strategik ustuvor yo‘nalish ekanini ta’kidladi. Rais mazkur ko‘rgazmani shu yo‘nalishda olib borilayotgan izchil ishlarning navbatdagi voqeasi, shuningdek, O‘zbekiston va Ruminiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim voqea sifatida ta’rifladi.

✅ Ruminiya elchisi Daniyel Kristian Chobanu o‘z nutqida ko‘rgazmaning Ruminiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy almashinuv ramzi ekanini alohida qayd etdi. U fotoko‘rgazmaning ikki mamlakat o‘rtasida san’at va madaniyat sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi hamda Enesku ijodining xalqaro miqyosdagi ahamiyatini alohida e’tirof etdi.

✨ “Jorj Enesku Fransiyada” ko‘rgazmasi nafaqat san’at ixlosmandlarini ilhomlantiradi, balki xalqaro madaniy dialogni boyituvchi, Fransiya va Ruminiya san’ati uyg‘unligi va Enesku ijodining o‘ziga xosligini ochib beruvchi voqea sifatida e’tirof etildi. Namoyish etilgan asarlar badiiy va tarixiy ahamiyatini ta’kidlab, Enesku hayoti va ijodining muhim lahzalarini o‘quvchilar va tashrif buyuruvchilar bilan baham ko‘radi.

⚡️Ko‘rgazma shu yilning 8-aprelgacha davom etadi. Kirish bepul va barcha san’at ixlosmandlari uchun ochiq.