Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Badiiy akademiya tizimidagi taʼlim muassasalarida  taʼlim  berishda faolligi bilan ajralib turgan, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan 26 nafar fidoyi ustoz va xodimlar “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni  bilan taqdirlandi.

Mazkur  kо‘krak nishoni bilan O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sohada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, yuksak darajadagi yorqin san’at asarlarini yaratish hamda milliy san’atimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan soha xodimlari taqdirlanadi.

Yangi O‘zbekistonda milliy tasviriy va amaliy sanʼatni rivojlantirish masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Sohadagi davlat siyosati Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham  aniq aks etgan. Taraqqiyot strategiyasiga V - Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishi qo‘shildi. Uning 75-maqsadida tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, soha vakillariga keng sharoitlar yaratishga oid muhim vazifalar belgilab qo‘yildi. Joriy yilda “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni taʼsis etilgani sohaga bo‘lgan eʼtiborning amaldagi yana bir ifodasi, xayrli ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur so‘zga chiqdi, kelajagimiz egalarining saodatli kamolini ko‘rish istagida mehnat qilayotgan, maʼrifat ulashayotgan ustoz-murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ko‘krak nishonini o‘z egalariga tantanali topshirdi.