Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

13-sentyabr kuni O’zbekiston Badiiy akadeymiyasi raisi Akmal Nur tasarrufdagi Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga bordi.

Rais maktab-internati faoliyatini o’rganib,mutahassislik va boshlang’ich dars jarayonlarini kuzatdi.

So’ngra maktab-internat faollar zalida o’qituvchi va oquvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda  o'quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

 Bugun O‘zbekiston Badiiy akadeymiyasi raisi Akmal Nur Namangan viloyatiga xizmat safari doirasida  O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limiga qarashli galereyani ham borib ko‘rdi.

Bugungi kunda har bir viloyatda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasi faoliyat yuritib, xalqimizning tasviriy sanʼatga bo‘lgan ehtiyojiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Badiiy akademiya raisi  O‘zBIU Namangan viloyat bo‘limi boshlig‘i Komiljon Qambarov hamrohligida galereya faoliyati, mavjud sharoit bilan tanishdi, shuningdek, viloyat rassomlari ijodiy faoliyatini keng targ‘ib qilish yuzasidan fikr almashildi.