Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

21-yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi anjumanlar zalida Uyushmaga yangi aʼzo bo‘lgan ijodkorlarga guvohnoma berildi.

Uyushma Nizomiga asosan tasviriy va amaliy sanʼatda izlanib, ijod qilayotgan 60 nafar rassom va usta qabul qilindi. 

Guvohnomani tantanali topshirish tadbirida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, akademik Ibroxim Valixodjayev, rangtasvir shoʻbasi rahbari Murtazo Irgashev xamda Yoshlar bo‘limi rahbari, rassom Dilshod Azizov qatnashdi. 

Rais I.Valixodjayev uyushmaning faoliyati va kelgusi rejalari haqida ham to‘xtalib o‘tdi, yangi aʼzolarni tabriklab, ijodda muvaffaqiyat tiladi.