close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Anjumanlar zalida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining kengaytirilgan umumiy boshqaruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi rahbariyati hamda uyushma a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayevning uyushmaning joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari, shuningdek, uyushma tashkil etilganidan buyon bajarilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotda ijodiy loyihalar, ko‘rgazmalar, plenerlar, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, hududiy bo‘limlar faoliyatini takomillashtirish hamda tasviriy san’atni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, akademik Akmal Nur so‘zga chiqib, Badiiy ijodkorlar uyushmasining bugungi faoliyati, erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-sonli “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar va ularning ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur Farmon ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi iste’dodlarni kashf etish, xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, ijodiy loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, soha vakillarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi.

Yig‘ilishda uyushma a’zolari ham so‘zga chiqib, sohani rivojlantirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, uyushma faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.