Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Samarqand viloyati musiqali drama teatrida “Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi, musavvir Davron Safoyev (1932-2015) muzeyining ochilishi marosimi bo’lib o’tdi.
  
⭕️ Rangtasvir ustasi, ssenografiya san’atida O’zbekiston birinchi milliy kadrlaridan biri, ustoz-san’atkor, 1932 yil Samarqandning Xoja Ahrori Valiy mavzeida tug’ilgan. Ta’limni Pavel Benkov nomidagi san’at bilim yurtida olgan, 1961 yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining ssenografiya fakultetini tamomlab, Tojikistonga yuborilgan. 

⭕️ 60 yillik ijodiy faoliyati mobaynida Davron Safoyev O’zbekiston va Tojikiston teatrlarida ko’plab spektakllarni sahnalashtirgan. O’zining 10 yil ijodini Tojikiston madaniyati va san’atini rivojlantirishiga bag’ishlangan. Dushanbe san’at bilim yurtida teatr ssenografiyasi bo’limi asoschisi, Tojikiston madaniyati vaziri o’rinbosari va vazirlik ekspert hay’ati raisi bo’lgan. 

⭕️ D. Safoyev Samarqandga qaytib 1971-2012 yillarda Samarqand davlat musiqali drama teatri (Davlat opera va balet teatri, 1971-1993) bosh rassomi sifatida ijod qilgan. Ustoz keng qamrovli rassom bo’lganlari uchun, spektakllarni zamon talablari asosida bezab, bezaklarning mantiqiy, g’oyaviy yechimlariga alohida ahamiyat bergan. 

⭕️D.Safoyevning spektakl bezashlari o’ziga xos tusga ega bo’lib, teatr san’atini yangi taraqqiyot bosqichiga ko’targan va 100dan ortiq spektakllar yaratgan. «Xorpushtak» («Kirpi») satirik jurnalida ishlagan davrida 400 ga yaqin asarlari mavjud, kitob grafikasida 30ga yaqin kitoblarni bezatgan, rangtasvir va portret janrlarida ham ko’plab asarlar yaratgan.

⭕️ U kishining ishlari O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston, Turkiya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Kuba, Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya, Latviya, Armanistonda namoyish etilgan.