Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
2025-yil 21–25-iyul kunlari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi direktori, filologiya fanlari nomzodi Gulabza Qarshiyeva rahbarligidagi delegatsiya Gruziya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
Mazkur tashrif doirasida delegatsiyaning asosiy maqsadi — O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida muzeyshunoslik, madaniy merosni saqlash, restavratsiya va ekspozitsiya faoliyati yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, ilmiy va badiiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi.
Delegatsiya Tbilisi shahridagi Gruziya Milliy muzeyi, Tasviriy sanʼat muzeyi hamda Milliy qo‘lyozmalar markazida bo‘lib, ushbu muassasalarning:
Eksponatlar ekspozitsiyasi dizayni,
Raqamlashtirish va saqlash texnologiyalari,
Fond bilan ishlash metodikasi,
Ko‘rgazma menejmenti kabi yo‘nalishlarda faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ayniqsa, qo‘lyozmalar markazida mavjud V–VI asrlarga oid Sharq va Gruziya yozma yodgorliklari, miniatyuralar, tasviriy ishlanmalar va xattotlik namunalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tbilisi Milliy qo‘lyozmalar markazi rahbariyati bilan o‘tgan muzokaralarda:
Sharq miniatyura sanʼati va qo‘lyozma tadqiqotlarini birgalikda o‘rganish,
Ko‘rgazma, seminar, konferensiyalar tashkil etish,
Ilmiy restavratsiya tajribasini almashish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Tomonlar yaqin kelajakda o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolash niyatini bildirishdi.
Mazkur safar ikki davlat muzeychilari o‘rtasida mutaxassislik, badiiy-estetik va tarixiy bilimlarni boyitish, hamda xalqaro madaniy muloqotni kengaytirishga xizmat qiluvchi real amaliy qadam bo‘ldi. Shu orqali O‘zbekiston Badiiy akademiyasining xalqaro aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.