close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Shu kunlarda Ozarbayjonning Gabala shahrida XV Xalqaro Gabala musiqa va tasviriy san’at festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur festival doirasida XV Xalqaro Gabala festivali tarixida ilk bor “Madaniyatlar chorrahasi” nomli xalqaro badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazma Buyuk Ipak yo‘li hamda undan tashqarida shakllangan xalqlar o‘rtasidagi tarixiy aloqalar va madaniy muloqotga bag‘ishlangan.

Ekspozitsiyada Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistondan kelgan rassom hamda haykaltaroshlarning ijod namunalari namoyish etilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekistonni o‘zining rangtasvir asarlari bilan O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Javlon Umarbekov munosib tarzda namoyon etmoqda.

Ko‘rgazma tashkilotchilari va ishtirokchilariga yo‘llangan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining tabrik so‘zi san’atshunos Munis Nur tomonidan o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, festival mehmonlari uchun 31-iyul va 1-avgust kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Javlon Umarbekovning mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Festival 29-iyuldan 3-avgustga qadar davom etadi.