Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Joriy yil 10-11-aprel kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida "Professional ta’limning barqaror rivojlanishining mintaqaviy jihatlari: muammolar va istiqbollar" mavzusida III mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi, Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Boshlang‘ich va o‘rta kasb-hunar ta’limi qo‘mitasi, Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va bandlik vazirligi, Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Germaniya Federativ Respublikasi-ning Tojikistondagi elchixonasi vakillari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan 150 ga yaqin ta’lim sohasi va tadbirkorlik hamjamiyati mutaxassislari ishtirok etdi.
Konferensiya Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston mutaxassislari, shuningdek, ularning Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari uchun tajriba va bilimlarni almashishga imkon berdi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyada O'zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi direktori Ma'suddin Salahiddinov hamda ushbu maktab Tasviriy san'at bolimi boshlig'i Begzod Ashurov qatnashdi.