Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O'zbekiston Badiiy akademiyasida  “Qadriyatlar – Millat ma’naviyatining ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📝 Tadbirda oliy ta’lim muassasalaridan jalb etilgan tinglovchilar ishtirok etdi. Mehmonlar safida san’at va ilm-fan sohalarining taniqli vakillari bo‘lib, ular tinglovchilarga chuqur ma’naviy bilimlar, tarixiy ma’lumotlar va san’atning tarbiyaviy kuchi haqida so‘z yuritishdi.

💬Tadbirda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi professori Urazali Tashmatov,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, “San'at” jurnali bosh muharriri Binafsha Nodir hamda O‘zbekiston rassomlar, san'atshunoslar va xalq hunarmandlari uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi Madina Kasimboyeva so'zga chiqdi.

👥 Tadbir yakunida tinglovchilar qiziqarli, hayotiy va ilhomlantiruvchi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.