Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-inernatining ikki nafar o'quvchisi Ilhom Arolov va Ibrohim Omonov 2024-yilgi Lidice Xalqaro bolalar tasviriy san'at ko‘rgazmasi (ICEFA Lidice, Chexiya) da g‘olib bo‘lib, tanlov medalini qo‘lga kiritishdi. 

Mazkur tanlovning "Karvon" mavzusiga 81 mamlakatdan 12 946 ta san‘at asari taqdim etildi.

Tanlovda Arolov Ilhom,Muzaffarova Dilrozxon, Omonov Ibrohim, Shavkatova Asaloy, Zubaydullayeva Durdona rantasvir asarlari kolleksiyasi bilan qatnashganliklari uchun Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internatiga ham tanlov medali taqdim etildi.

Kuni kecha Chexiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Qashqadaryo ISMI direktori N. Xolmurodovaga tanlov medal va sertifikati topshirildi.