Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatining ko'rgazmalar zalida "Haykaltaroshlik" yo'nalishi o'quvchilari Sodiqova Shirin va Akbarova Charoslarning "Premyera" nomli ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ko'rgazmani maktab-internati direktori N.Xolmurodova kirish so'zi bilan ochib berdi.

Ko'rgazmada yosh haykaltaroshlarning asarlari namoyish etilgan bo'lib, bu san'atga bo'lgan yangi yondashuvlar va eksperimentlarni ko'rsatdi.
      
Farzandlarini ijodiy ishlarini tomosha qilayotgan ota-onalarning hayrat,qiziqish va hayajon aralash fikrlarini eshitish juda qiziqarli. Bu esa san'atning ta'sirchanligini yana bir bor tasdiqlaydi.