Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
18-may - Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tomonidan “Qatag‘on tarixi yosh ijodkorlar nigohida” nomli yangi ko‘rgazma va tanlov tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmadan qatag‘on qurbonlari bo‘lgan millatparvar, taraqqiyoparvar ajdodlarimizning siymolari aks ettirilgan kartinalar, haykallar, shuningdek milliy zargarlik buyumlari o‘rin olgan.
Tadbirda institut va muzey rahbariyati, Badiiy akademiya akademiklarining yosh ijodkorlarga tabrik so‘zlari tinglanib, harbiy orkestr ijrosidagi musiqiy chiqishlar tadbirga yanada bayramona shukuh bag‘ishladi.
Institut hamda muzey tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘rik tanlov ishtirokchilarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z asarlarini beg‘araz tarzda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondiga topshirdilar.
Ko‘rgazma 2025-yil 25-mayga qadar davom etadi.