Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
21-aprel kuni soat 10:00 да Xalqaro an’anaviy «Tasviriy va amaliy san’at festivali» ning tantanali ochilish marosimi. (https://t.me/kkartacademy/8151) (kontsert dasturi, rassomlar va dizaynerlar ko‘rgazmalari)
14:00 da–Oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari, bolalar musiqa va san’at maktabi va ixtisoslashtirilgan san’at maktablari o‘quvchi yoshlari ishtirokida rasm chizish jarayonlari va taniqli rassomlar tomonidan mahorat darslari.
Manzil: Nukus shahri Do‘stlik kanali bo‘yida
22-aprel kuni soat 10:00 da – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti San’at fakulteti talaba yoshlari asarlaridan iborat ko‘rgazmasi ochilish marosimi.
15:00 da - Toshkent shahridan tashrif buyurgan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo rassomlari ishtirokida mahorat darsi
Manzil: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo'limi Ko‘rgazma saroyi
22-aprel kuni soat 9:00 - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo rassomlar va yosh rassomlar bilan birgalikda Amudaryo tumaniga diqqatga sazovor joylarga plenerga chiqish.
22-aprel kuni soat 10:00 – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining tasviriy va amaliy san’atga ixtisoslashgan ta’lim yo’nalishi o‘qituvchi va talaba yoshlarining asarlaridan iborat ko‘rgazmasining ochilish marosimi.
Manzil: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
14:00 - J.Izentaev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida Toshkent shahridan tashrif buyurgan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo rassomlari ishtirokida mahorat darsi
22-aprel kuni soat 10:00 - Xalqaro an’anaviy «Tasviriy va amaliy san’at festivali»ning yopilish marosimi. G‘olib va qatnashchilarni taqdirlash marosimi (Medal, diplom va sertifikatlar).
Manzil: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo'limi Ko‘rgazma saroyi