Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yil 2-iyun kuni Jolliboy Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida pedagoglar va o‘quvchilar hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi vakillarining Badiiy akademiyaning "SAN'AT" jurnali tahririyati aʼzolari bilan uchrashuvi tashkil qilindi.

Tadbir chog‘ida bosh muharrir (PhD) Binafsha Nodir, bosh muharrir o‘rinbosari Fotima Mamajonova va bosh rassom A’lo Isakova "SAN'AT" jurnali va nashriyotining faoliyati, ijodiy jarayon haqida, chop etilgan kitob-albomlar, monografiyalar, kataloglar hamda taqdimot, ko‘rgazmali qurollar orqali tadbir ishtirokchilarini batafsil tanishtirib o‘tishdi. 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi Ulbo‘sin Utegenova so‘zga chiqib, “SAN'AT” jurnalining san’at targ‘ibotidagi ahamiyati, ilmiy izlanishlar milliy madaniyatni dunyo sahnasiga olib chiqishda eng asosiy omil ekanligini aytib o‘tdi. 

Tadbir so‘ngida nashriyot tomonidan chop etilgan kitoblar, kataloglar, jurnal nusxalari maktab hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi kutubxonasiga topshirildi. 

Tadbirdan so‘ng mehmonlar maktab faoliyati va yozgi amaliyot jarayonlari bilan tanishishdi hamda maktabda faoliyat yurituvchi rassom Sarsenbay Boybusinov va Baxtiyor Serekeyev ustaxonalarida bo‘lishdi.