Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yilning 3-sentyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Ona diyor - ranglar jilosida” rasmlar tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari asarlari ko‘rgazmasining ochilishi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Ona diyor - ranglar jilosida” respublika yosh ijodkorlari rasmlar tanlovi bevosita “O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil  15-iyuldagi PQ-222-son qarorida belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, tasviriy san’at yo‘nalishidagi yosh ijodkorlarning milliy o‘zligimizni anglash, vatanparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin san’at asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy-madaniy merosini faol targ‘ib qilishga maqsadida oshirishga yo‘naltirilgan.

Tanlov 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 3 ta yosh toifalari bo‘yicha 2 bosqichda tashkil etildi.
Birinchi bosqich - viloyat bosqichi: iyun’-iyul’ oylarida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan tashkil etildi;  
Tanlovning Respublika bosqichida tasviriy san’atning rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan hududiy  bosqich g‘oliblari bo‘lgan 7 yoshdan 30 yosh orasidagi 200 nafardan ortiq yosh ijodkorlar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.
“Ona diyor - ranglar jilosida” respublika yosh ijodkorlari rasmlar tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari:

7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:
III o‘rin - Noziya Tojimurodova - 13 yosh (Jizzax viloyati);
II o‘rin  - Shukriya Ergasheva - 10 yosh (Jizzax viloyati);
I o‘rin - Zinnura Xaqnazarova - 12 yosh (Toshkent sh.).

14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:

III o‘rin - Ulbibi Keunimjayeva - 15 yosh (Qoralqalpog‘iston Respublikasi)
II o‘rin - Bexruz Isroilov - 16 yosh (Namangan viloyati);
I o‘rin - Zinnura Shuxratova - 15 yosh (Qashqadaryo viloyati).

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:

III o‘rin - Sevara Qurbonmurodova – 19 yosh (Toshkent viloyati);
II o‘rin  - Ruslan Abdullayev – 23 yosh (Toshkent sh.);
I o‘rin  - Abrorbek Izzatullayev – 28 yosh (Toshkent sh.).

“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovining g‘oliblari Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Har bir ishtirokchiga sertifikat topshirildi.
  
Ko‘rgazma joriy yilning 14 sentyabrigacha davom etadi.