Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli grafika rassomi Marat Sodiqov (1945–2021) xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni maktab-internat direktori Nilufar Xolmurodova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida Marat Sodiqovning san’atimizdagi o‘rni, uning ustozlik merosi va boy ijodiy hayoti haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida rassomning hayoti va ijodi, uning san’atga qo‘shgan hissasi haqida maktab-internat o‘qituvchisi, san’atshunos Sh. Homidova batafsil ma’lumot berdi. U Marat Sodiqovning asarlaridagi grafik tasvirning chuqur mazmuni, milliy ruh, va badiiy ifoda vositalari haqida to‘xtaldi.
Tadbir davomida Marat Sodiqovning grafika asarlari namoyish qilindi. Uning ishlaridagi badiiy mahorat, obrazlar teranligi va milliy qadriyatlar aks ettirilgan syujetlar yosh musavvir o‘quvchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
🔹 Marat Sodiqovning ijodiy merosi — bu nafaqat san’at tariximizdagi muhim sahifa, balki yosh avlod uchun ilhom, ibrat va badiiy mezon maktabidir.