Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 31-oktyabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi  stajerlari, istiqbolli rassomlar Jahongir Abdullayev, Temur Lashyonov, Zuhriddin Qiyomov, Bobur Vahobjonovning “Bizni birlashtirgan tog‘lar” nomli guruh ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmani O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ochib berdi.  Shuningdek, tadbirda Qirg‘iziston Respublikasi rassomlar uyushmasi raisi Jakshibek Junushev, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan "Sharqning yorqin ranglari" xalqaro festivali loyihasi direktori Damira Alishbayeva, Qirg‘iziston elchisi o‘rinbosari  Bakit Asangul ishtirok etib, so‘zga chiqdi.

Joriy yilning yoz faslida  “Bizni birlashtirgan tog‘lar” ko‘rgazmasi mualliflari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi vakillari sifatida Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Sharqning yorqin ranglari” xalqaro festivalida ishtirok etib, tabiat qo‘ynidagi plenerda rangtasvir kartinalarini yaratdilar.

Ko‘rgazmada mazkur plenerda yaratilgan asarlar o‘rin oldi.

Tadbirda shuningdek, ayni paytda ushbu mo‘yqalam sohiblariga Rassomlik mahorat ustaxonasida saboq berayotgan Badiiy akademiya akademiklari - B.Jalolov, F.Ahmadaliyev, S.Raxmetov so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 Taqdim etilgan asarlar kompozitsiya va ranglar yechimi, mavzu va syujetning talqini borasida bir-biridan butunlay farq qiladi. 

Yosh rassomlar ko‘z oldilarida yastangan Qirg‘iziston tog‘lariga o‘z idroki va tafakkurlaridan o‘tkazib qiyofa berishgan. 

Ijodkorlar tog‘lar va tabiatning manzarasi va ranglariga: “ilohiylik”, “buyuklik”, “soflik”, “yagonalik”, “mangulik”, “sevgi”, “iliqlik”, “muqaddaslik”, “hayot” singari falsafiy-estetik razmlarni singdirishgan...