close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 5-may kuni, Badiiy akademiya tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining zamonaviy ko‘rgazmalar zalida ustoz-shogird anʼanasi asosida 17 nafar rassom ishtirokida “Moviyga parvoz” nomli ko‘rgazma ish boshladi.

Akmal Ikromjonov boshchiligida anʼanaga aylangan ushbu ijodiy loyiha 12 yildan beri muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi — yosh rassomlarning akademik rangtasvir sirlarini chuqur o‘rganishlari, o‘zlarining individual ijodiy tajribasi va izlanishlarini namoyon etishlariga yordam berish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Ko‘rgazmada qatnashgan mo‘yqalam ustalarining har biri o‘zining uslubi va tematik yo‘nalishi bilan diqqatga sazovor. Ekspozitsiyada zamonaviy konseptual asarlar, manzara, portret, abstrakt va boshqa janrlardagi ijod namunalari o‘rin olgan.

Rassomlar tarixiy, ijtimoiy va tabiiy mavzularni turli badiiy uslublarda talqin qilganlar.