Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi  tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida 20-sentabr — “World Cleanup Day” (“Butunjahon tozalik kuni”) munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi o‘tkazildi.
 
Ma’lumot uchun, “World Cleanup Day” 2018-yildan beri o‘tkaziladi. Ushbu eko-sanada O‘zbekistonda ham soha xodimlari, eko-faollar, yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirokida plogging aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu eko-tabdirlar orqali aholi gavjum hududlarni chiqindilardan tozalash ana’naga aylangan.

Plogging davomida Toshkent dengizi sohili bo‘yida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati o'quvchilari - yosh eko-faol rassomlar tomonidan atrof-muhitni ozoda saqlashga doir suratlar chizildi. Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar, faol ishitirokchilar hamda hamkor tashkilotlar munosib taqdirlandi.