Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

22-oktabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida samarqandlik rassom Ahmadxon Isoevning “Egoist” nomli shaxsiy ko’rgazmasi ochildi.

A.Isoev  Pavel Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji (2003-2006-y.)da O’zbekiston xalq rassomi, akademik Fayzulla Ahmadaliyev rahbarligida ta’lim oldi. 2010-yili Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Dastgohli rangtasvir” bo’limini O’zbekiston xalq rassomi, akademik Sobir Raxmetov va Muhammadiyor Toshmurodov  kabi ustozlar rahbarligida tamomladi.
 
➡️Rassom  muvaffaqiyatlari talabalik yillaridayoq boshlangan. 2001-yilda Yaponiyada bo’lib o’tgan “Tabiatni asraylik”  xalqaro tanlovida 3-chi o’rinni egallagan. Rassom Sharq gavhari-Samarqandda tavallud topgani sabab, ijodining ilk davrlaridayoq tarixiy obidalar, va Sharqona ruhiyatni tasvirlashga qiziqadi. Ijod musavvir qalbiga xotirjamlik bag’ishlaydi. Musavvir asarlari ko'plab san'at ixlosmandlari qalbidan joy olgan. 

➡️Bugungi kunda ijodkorning asarlari O‘zbekiston, AQSH, Angliya, Qirg'iziston, Xitoy, Belarusiya, Fransiya, Rossiya va Hindistondagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.

➡️Toshkent shahrida o’tkazilayotgan debyut shaxsiy ko’rgazmada rassomning bugungi kunda dunyoda global bo’lgan mavzular bilan o’ziga xos yorqin koloritda ishlangan chuqur ma’noga ega 40 dan ortiq asarlari tomoshabin e’tiboriga taqdim etildi.                                     

➡️Ko’rgazma kuratori: Manushak Arushanova